UFC on ESPN 68 turnirining eng yaxshi jangi sifatida Elis Ardelin va Rayan dos Santos o'rtasidagi to'qnashuv tan olindi. Bugungi turnir kardini ochib bergan ushbu jangda Ruminiya vakilasi Elis hakamlarning yakdil qarori (30-27, 29-28, 29-28) bilan g'alaba qozongandi.
Raqiblarini uxlatib qo'yib, muddatidan oldin chiroyli g'alabaga erishgan Ramiz Braximay va Jordan Livitt ham 50 000 dollarlik bonus sohiblariga aylandi.