SportUz.Net

Bunaqasi kam bo'ladi. Asosiy jangi bekor bo'lgan UFC on ESPN 68 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

01.06.2025 10:24    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Las-Vegas shahrida UFC on ESPN 68 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida Erin Blenchfild va Meysi Barber o'rtasida o'tkazilishi kerak edi. Ammo jang so'nggi daqiqalarda Barberning sog'lig'idagi muammo sabab bekor qilindi. Ushbu to'qnashuv g'olibi chempionlik kamari uchun davogarga aylanishi kerak edi. Asosiy jangi bekor qilingan turnirlar juda kam holatda uchraydi. 

Turnirning co main-event jangi engil vazn toifasida slovakiyalik Lyudovit Klayn hamda polshalik Mateush Gamrot o'rtasida o'tkazildi. To'liq uch raund davom etgan jangda tajribali Gamrot hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 30-27, 30-27) g'alaba qozondi.  

UFC on ESPN 68 turniri natijalari:

Erin Blenchfild – Meysi Barber jangi bekor qilindi

Mateush Gamrot Lyudovit Klaynni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27)

Ramiz Braximay Billi Goffni sabmishn bilan taslim etdi (gilotina usulida bo'g'ish) – birinchi raund, 3:16 daqiqa

Dastin Jeykobi Bruno Lopesni nokaut qildi (zarba) – 1-raund, 1:50

Ketlin Vieyra Meysi CHiassonni ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 29-28, 29-28)

Zak Riz Dushko Todorovichdan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)

Allan Nasimento Jafel Filoni engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Jordan Livitt Kurt Xolobauni texnik sabmishn evaziga taslim etdi (anakonda usulida bo'g'ish) – 1-raund, 1:39

Boladji Oki Maykl Asvellni mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)

Elis Ardelin Rayani dos Santosni mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: