SportUz.Net

Murodjon Ahmadaliev shanba tonggidagi raqibi bilan yuzma-yuz keldi + FOTO

29.05.2025 08:39    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliev shanba kungi jangi oldidan o'tkazilayotgan rasmiy tabdirlardagi ishtirokiga kirishdi.

CHarm qo'lqop ustamiz bizning vaqt bilan 31 may tongida Meksikaning Gvadalaxara shahrida tashkil etiladigan Matchroom boks oqshomida meksikalik Luis Kastiloga qarshi ringga ko'tariladi. Bokschilar bugun ilk bor face to face marosimi hamda matbuot anjumanida ishtirok etishdi. 

Malumot uchun, Murodjon Ahmadaliev shu kungacha prof boksda 14 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'alabaga erishgan (10 ta nokaut) va bir bor mag'lub bo'lgan. 30 yoshli Luis Kastilo esa 37 ta jang o'tkazib, 31 g'alaba (20 KO) va 6 mag'lubiyat (1 KO) qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: