SportUz.Net

Tom Aspinall: "Jon Jons bilan jangim bo'ladi"

27.05.2025 07:36    


Rasmni yuklab olish

UFC vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall Jon Jonsga qarshi jang qilish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

"Umid qilamanki, biz Jonsga qarshi jangga erishamiz. Menimcha, bu ro'y beradi. Hammasi yaxshi bo'ladi. Uni jangdan voz kechadigan odam deb o'ylamayman", — dedi Aspinall.

Aspinall (15 g'alaba, 3 mag'lubiyat) so'nggi marta 2023 yil iyulida Kertis Bleydsga qarshi jang qilib, birinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan. U 2023 yil noyabrida vaqtinchalik chempionlikni qo'lga kiritgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: