Unga ko'ra, Topuriya engil vazn toifasida (70 kg gacha) eng qudratli nokautchiga aylanadi.
"U engil vazndagi eng kuchli zarba berish qobiliyatiga ega bo'lgan sportchi bo'ladi. Bunga hech qanday shubham yo'q. Bu divizionda unga teng keladigan zarbachi yo'q. Biz hech narsa yo'qotmayapmiz. Men Iliya haqiqiy nokautchiga aylanishiga ishonaman. Menda bunga zarracha shubha yo'q", — dedi Gallo ispaniyalik jurnalist Alvaro Kolmeneroga bergan intervyusida.