Bu sportchilarning tashqi ko'rinishi va jarohatlarga moyilligiga tasir ko'rsatdi. UFC sharhlovchisi Jo Rogan esa bu boradagi qatiy kurashni tanqid qildi.
"USADA kelganidan so'ng, hamma narsa o'zgardi. Jangchilarning tanasi go'yoki "erib ketdi". Ular mutlaqo boshqacha ko'rinishga ega bo'ldi. Alistar Overim — eng yaxshi misol. U Brok Lesnarga qarshi jang qilganda shunchalik kuchli ediki, o'sha u paytda u steroidlar bilan to'la edi. Vazn o'lchashdagi suratlarda ham bu ko'ringandi. O'sha kuni u Brokni yo'q qilib yubordi.
Keyin unga nisbatan haqiqiy testlar o'tkazildi va u oddiy insonga aylandi. Endi u avvalgidek emasdi. Urush mashinasi emasdi. Men shunday Overimni yana ko'rishni istardim. Bu juda ham zo'r bo'lardi. Ha, menga qiziqarli janglar kerak. Men og'ir vazn toifasidagi zerikarli semiz jangchilarni ko'rishni istamayman. Alistarni qaytaringlar! Hammasini yana preparatlarga o'tkazinglar", — dedi Rogan o'z podkastining navbatdagi sonida.