SportUz.Net

Murabbiy Menni Pakyaoning ringga qaytishiga qarshi bo'lgandi

26.05.2025 15:54    


Rasmni yuklab olish

Taniqli murabbiy Freddi Rouch o'zining 46 yoshli shogirdi Menni Pakyao haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Pakyao 19 iyul kuni Las-Vegasda (AQSH) jahon chempioni, yarim o'rta vaznda WBC kamar sohibi Mario Barriosga qarshi jang o'tkazadi.

"Rostini aytsam, men Pakyaoning ringga qaytishini xohlamaganman, chunki u allaqachon eng buyuk bokserlardan biri sifatida tarixga kirgan va ko'p narsaga erishgan. Lekin u hali ham bitta jangi qolganini, o'zini dunyoga yana bir bor isbotlashi kerakligini aytaveradi.

Kunlardan biri, boks shoularidan birida Menni xotini bilan birga mening yonimga o'tirdi. Va uning xotini Pakyaoni yana bir bor ringda ko'rishni xohlashini aytdi. Bu men uchun hayratli edi. CHunki avvalroq u har doim Mennini boksdan ketishga chaqirgan edi. Endi esa u ham jang qilishiga rozi.

Mendan Pakyao kimga qarshi jang qilishi kerakligi so'ralganda, "bu faqat bitta jang bo'ladi va u eng yaxshi raqibga qarshi o'tkazilishi kerak", deb javob berdim. Bu shunday raqib bo'lishi kerakki, Pakyao uni ringda to'liq nazorat qilolsin. Menimcha, u bunday raqibni engishga qodir", — dedi Rouchning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: