Ushbu jang kechasi doirasida MMAdagi chiqishlari orqali mashhurlikka erishgan hamyurtimiz Odilxon Kamolov boksdagi ilk jangini o'tkazdi va g'alabaga erishdi.
Qirg'izistonlik Manas Orozovga qarshi jang 4 raundga mo'ljallangandi. Bahs to'liq davom etdi va unda Odilxon Kamolov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.