SportUz.Net

Tayson Fyuri qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

25.05.2025 15:48    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'zining qaytishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

"Men "Lo'lilar qiroli" boksga qaytayapti degan gaplarni juda ko'p eshitdim. Nima uchun men qaytishim kerak? Yana kamar qo'lga kiritish uchunmi? Men 22 ta kamarni yutganman. Men baxtliman va erishganlarimdan mamnunman. Butun dunyoni aylandim.

Men janglarda ko'p talofat ko'rmadim. Yana zarbalar eb, qayta jang qilishga hech shoshilmayapman. Nima uchun? Ha, men nafaqadaman va shunda qolaman. Kimgadir nimanidir isbotlashim kerak emas. Qaytishdan hech qanday mano yo'q", — dedi u.

Eslatib o'tamiz, Fyuri shu yil boshida faoliyatini tugatganini elon qilgandi. Ammo keyinchalik uning Entoni Joshuaga qarshi jang haqida muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: