SportUz.Net

Bugun uch nafar bokschimiz Tailanddagi xalqaro turnirda jang qiladi

25.05.2025 09:06    


Rasmni yuklab olish

Kecha Bangkok shahrida boks bo'yicha Thailand Open xalqaro musobaqasi boshlandi.

Bugun uch nafar bokschimiz keyingi bosqich masalasi uchun uchrashuvlarini olib boradi.

Juftliklar bilan tanishing:

-55 kg: Faryozbek Do'smatov - Bado Aaron (Filippin) 12:15

-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Jay Barikuatro (Filippin) 15:00

-51 kg: Sabina Boboqulova - CHee Vann (Singapur) 17:15

Janglarning birinchi dasturi bizning vaqt bilan 12:00 da start oladi. Ikkinchi dastur bo'lsa, 15:00 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: