SportUz.Net

Bilol Muhammad mag'lubiyati sababini aytdi

25.05.2025 08:18    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Bilol Muxammad ikki hafta avval Jek Della Maddalenaga qarshi jangdagi mag'lubiyatdagi xatolari haqida gapirdi.

"Rejamiz — Jek bilan zarba almashinuvi emas, uni parterga tushirish edi. Ammo mening boks mahoratim ancha o'sgan, va u bilan turib urishishim mumkin deb o'yladim. Bu haqida jangdan oldin gapirganimda yolg'on aytmaganman. Men unga qarshi turib jang qildim. Odamlar nima desa deyishsin. Rejamdan chekindim va endi shu bilan yashashim kerak. Hammasi bitta raundda hal bo'ldi, balki bitta epizodda. 

SHu sababli bu xato qaror bo'lganmi? Balki. Jang engilroq o'tgan bo'larmidi? Bo'lishi mumkin. Ammo men jang qilishni yaxshi ko'raman", – dedi u.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: