SportUz.Net

Oliveyra Maxachev vazn toifasini o'zgartirganiga munosabat bildirdi

23.05.2025 19:27    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachevning sobiq raqibi CHarlz Oliveyra rossiyalik sportchining vazn toifasini o'zgartirishiga munosabat bildirdi.

"Menimcha, u engil raqib tanlagani yo'q. Hamma muammo vazn haydashda deb o'ylayman. Bu holatni men ikki marta ko'rganman. Biz bir xil turnirda ishtirok etganmiz va vazn tashlayotganida uni kuzatganman – bu juda og'ir jarayon edi. Juma kungi vazn o'lchashda u butunlay "o'chib qolishga" yaqin turgandi. Ko'pchilik uning vaznga tushishi juda og'ir kechayotganini aytgan. U jangda o'zini yaxshiroq his qilishni xohlaydi va shu sababli yuqori vaznga o'tdi.

Yarim o'rta vaznda u yanada xavfli va kuchli jangchiga aylanadi. Uning zarba texnikasi rivojlanmoqda, juda kuchli kurashi bor. Bu juda qiziq jang bo'ladi. Raqibi jiddiy, yaxshi harakatlanadi va tanasiga yaxshi zarbalar beradi — biz bunday harakatlarni Bilolga qarshi jangda ko'rganmiz.

Lekin bu sportning bir qismi. CHempion bo'lish uchun eng yaxshilar bilan jang qilish kerak. Faqat shu yo'l bor", – dedi Oliveyra MMA Today nashriga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: