"Peddi so'nggi jangda juda yaxshi harakat qildi. Hozir u top-10 jangchilariga qarshi ham g'alaba qozona olishi mumkinligini aytsak bo'ladi. Vaziyat shundayki, u vazn toifasi reytingining sakkizinchi o'rnida turibdi, va hozircha yaqinda jang o'tkazish rejasi yo'q. Ehtimol, yil oxiriga rejalashtirgan bo'lishi mumkin.
Lekin men yozda jang qilmoqchiman. Va shundan so'ng, yana yil oxirida. Peddiga qarshi jangni qabul qilarmidim? Ha, albatta. Uning ismi juda mashhur. Yaqinda u Maykl CHendlerni mag'lub etdi. Uning g'alabalar seriyasi olti yoki etti jangdan iborat. U UFCda hali mag'lub bo'lmagan. Demak, bu jangdan mano bor. SHuningdek, bu men uchun Buyuk Britaniyada ko'proq muxlislarga ega bo'lish imkoniyati hamdir", — dedi Carukyan.