Turnirning ikkinchi asosiy bellashuvida rossiyalik Tagir Ulanbekov yaponiyalik Kyoji Xoriguchi bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq Xoriguchi jangdan chiqdi.
UFC yaponiyalik sportchining o'rniga Tagirga Qozog'iston vakili Azat Maksumni raqib sifatida berdi.
O'ta engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Ulanbekov hozirda UFC reytingida o'ninchi pog'onani egallab turibdi. Azat Maksum esa reytingdan o'rin olmagan.
Malumot uchun, mazkur divizionda hamyurtimiz Ramazon Temirov ham jang qiladi. Uning keyingi chiqishi 26 iyul kuni qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi bo'ladi.
UFC Baku turnirining aktual kardi:
"Krasnodar" o'z tarixida ilk bor Rossiya chempioni bo'ldi, Abbos Fayzullaev va CSKAda bronza
Oliveyra – Topuriya jangi haqida: "Topuriya kuchli zarbaga ega, ammo u yangi vazn toifasiga o'tdi"