SportUz.Net

Eddi Xirn: "Kroufordga qarshi jang Kanelo uchun so'nggisi bo'lishi mumkin"

18.05.2025 11:00    


Rasmni yuklab olish

Promouter Eddi Xirnning fikricha, Saul "Kanelo" Alvares Terens Kroufordga qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin.

"Kaneloda Turki Al ash SHayh bilan yana uchta jang bo'yicha shartnomasi borligini bilaman. Lekin menimcha, Krouford bilan jang — faoliyatidagi oxirgisi bo'ladi. Buni malumotga tayanib aytmayapman, balki Uilyam Skallga qarshi jangni ko'rgach shunday o'ylayapman. Skall juda zaif edi, Kanelo esa nima qilishni bilmay qoldi. Endi ikki toifaga past vazndagi Kroufordga qarshi nima qiladi? Menimcha, uning jismoniy holati va mahorat darajasi yillar davomida pasaygan", — dedi Xirn.

Eslatib o'tamiz, Alvares va Krouford 13 sentyabr kuni AQSHda jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: