"UFC'dagilar: "Keling, divizionni to'xtatmaylik" dedi. Ularga Xalqaro jang haftaligi uchun asosiy jang kerak edi. Islam haqida qayg'urishdi. Xanter Kempbell hattoki Dog'istonga borib keldi.
Men UFC qarorini tanqid qilmoqchi emasman. Islam ehtimol, engil vaznga qaytmas. Lekin biz uni baribir divizionning eng yaxshisi deb hisoblaymiz. U Maddalenani engsa, ikki vazn chempioni bo'ladi. U yarimo'rta vaznda yanada kuchli bo'ladi. U o'zini baxtli his qila boshladi.
Men Konor Makgregorni yoqtirmayman, lekin u yulduz edi. Agar u bilan jang bo'lganida, Islam engil vaznda qolgan bo'lardi. Lekin Topuriya yulduz emas. Bu hurmatsizlik emas, biz raqamlarni bilamiz. Islam oldinga intilishi kerak. Topuriyaga ham shuni tilayman", — dedi Abdel-Aziz.