SportUz.Net
iks
ads

Ikram Aliskerov raqamli UFC turnirida jang o'tkazadi

14.05.2025 19:06    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili Ikram Aliskerovning navbatdagi jang tafsilotlari malum bo'ldi.

U Yangi Orleanda o'tkaziladigan UFC 318 turniri kardida jang o'tkazadi. Ikramning raqibi Top-15 reytingiga kirmagan braziliyalik Bruno Ferreyra bo'ladi. 32 yoshli Aliskerov o'tgan oyda Andre Munizni birinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. 

Yodingizda bo'lsa, Ikram Aliskerov o'tgan yilning iyun oyida juda qisqa fursatda Robert Uittaker bilan jangga rozilik bergandi. Tayyorgarliksiz oktagonga chiqqan Ikram avstraliyalik jangchi tomonidan ikki daqiqa ichida texnik nokautga uchratilgandi. 

Bruno Ferreyra esa shu yilning mart oyida Armen Petrosyanni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etgandi. Braziliyalik 32 yoshli sportchi undan avvalgi jangida Germaniya sharafini himoya qilayotgan dog'istonlik Abusupiyan Magomedovga yutqazib qo'ygandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: