
Amerikalik taniqli insayder Ariel Xelvanining xabar berishicha, braziliyalik Aleks Pereyra amaldagi chempion, rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi revansh jangi o'tkazishdan bosh tortgan. UFC 317 turniri 28 iyun kuni bo'lib o'tadi. Haligacha ushbu raqamlangan turnirning asosiy jangi yo'q.
Eslatib o'tamiz, Pereyra va Ankalaev o'rtasidagi jang 9 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etilgan UFC 313 turniri doirasida o'tkazilib, unda Ankalaev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, yarimog'ir vazn toifasining yangi chempioniga aylangan edi.

Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi