SportUz.Net

Humoyun To'xtamurodov Qozog'istonda jang qilib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (VIDEO)

09.05.2025 20:15    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" majmuasida MMA bo'yicha Nomad Fighting 13 turniri o'tkazilmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu turnirning prelim kardida engil vazn toifasidagi taniqli o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Humoyun To'xtamurodov chiqish qildi.

Unga Rossiya vakili Dmitriy Yakovlev raqiblik qildi. 3 raundlik jangning ilk raundidayoq hamyurtimiz o'ng qo'lda yo'llagan kuchli zarbasi orqali Yakovlevni nokautga uchratdi va o'z g'alabasini rasmiylashtirdi.

Musobaqaning markaziy jangi Qozog'iston vakili Vasif Abbasov hamda qirg'izistonlik Samat Abdurahmanov o'rtasida kechadi.

Bugungi jang orqali 26 yoshli Humoyun To'xtamurodov faoliyatidagi o'n uchinchi g'alabasini nishonladi. Uning hisobida 5 ta mag'lubiyat ham bor. Dmitriy Yakovlevning rekordi esa endi 5-9-0 ko'rinishida. U 2023 yilda boshqa bir sportchimiz — Amirxon Alixo'jaevga ham mag'lub bo'lgandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: