SportUz.Net

Pyotr Yanga Abu-Dabi turniri uchun raqib berildi - insayd

05.05.2025 20:06    


Rasmni yuklab olish

O'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Pyotr Yan to'rtta g'alabali seriya bilan kelayotgan jangchiga qarshi oktagonga ko'tarilishi mumkin.

Etiborlisi, bu aralash yakkakurash ustasi reytingda Top-10`talikka ham kirmagan. Gap amerikalik Markus MakGi haqida ketmoqda. U divizion reytingida 13-o'rinni egallab turibdi. Abu-Dabidagi turnir 26 iyul kuni o'tkaziladi va unda o'zbekistonlik UFC jangchisining ham oktagonga chiqishi kutilmoqda. 

Malumot uchun, 34 yoshli Markus MakGi oxirgi jangini o'tgan yilning noyabr oyida Jonatan Martinezga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Ungacha amerikalik aralash yakkakurash ustasi Jorni Nyuson, Jey Bi Pays va Gaston Bolanosni nokaut evaziga mag'lub etgan edi. 32 yoshli Pyotr Yan esa ketma-ket ikkita jangda zafar quchdi. U Song Yadong va Deyvesona Figeredodan ustun keldi. Hozirda Yan divizion reytingida ikkinchi o'rinni band etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: