SportUz.Net

Krouford nima uchun Kaneloning g'alabasiga ishonmasligini aytdi

05.05.2025 16:45    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning super yarimo'rta vazn toifasida WBA chempioni Terens Krouford supero'rta vazndagi mutlaq chempion Saul Alvaresni mag'lub eta olishiga ishonmoqda.

— Supero'rta vaznda Kaneloga deyarli zarba berib bo'lmaydi. Nega uni mag'lub eta olishingizga ishonyapsiz?

"CHunki men eng zo'riman, shuning uchun. SHuning uchun ham 12 sentyabr kuni bo'ladigan jangni hamma tomosha qiladi", dedi Krouford.

Supero'rta vazn toifasida tashkil etiladigan jang 12 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ushbu to'qnashuv TKO kompaniyasining boksdagi birinchi jangi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: