SportUz.Net

Krouford: "Czyu bilan jang qilmoqchi edim"

05.05.2025 13:27    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford super yarim o'rta vazn toifasida WBO sobiq chempioni Tim Czyu bilan jang o'tkazishni rejalashtirganini aytdi.

"Tim Czyu bilan jang, albatta, rejalarimdan o'rin olgan edi. Men mutlaq chempionlik uchun odimlayotganimda, Czyu kamarga ega edi. SHuning uchun ham bu tashkil etilishi mumkin bo'lgan janglardan biri edi. Tim mening maqsadlarim ro'yxatida edi. Biroq, u Fundora bilan jang qilishga qaror qildi. Keyin ishlar ko'ngildagidek bo'lmaganida, Sebastyan men bilan jang qilishdan bosh tortgani uchun boshqa yo'ldan borishga majbur bo'ldik. Menejerlar Czyuni men tufayli Fundora bilan jang qilishga ko'ndirishdi. Uning ustozlari, men bilan jangdan ko'ra, tajriba orttirishini istashardi. Bokschi sifatida men Timning qaroridan xafa bo'ldim", deya Kroufordning so'zlaridan iqtibos keltiradi FOX Sports Australia.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: