UFC on ESPN 67 oqshomi tashkilotchilari kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pullari sohiblarini elon qilishdi. Bonusga munosib ko'rilganlar orasida Azamat Bekoev ham bor. Rossiyalik o'rta vazn toifasi vakili birinchi raunddayoq Rayan Loderni texnik nokautga uchratgan edi.
Bekoev shu yilning yanvar oyida UFC promoushenida muvaffaqiyatli debyut qilgandi. Azamatdan tashqari, amerikalik Kori Sendxagen, niderlandiyalik Rene de Ridder hamda Vetnam davlati sportchisi Kuang Li ham bonusga loyiq ko'rildi. Bu turnirda hech bir to'qnashuv eng yaxshi jang nominaciyasiga munosib topilmadi. Barcha bonus egalari yorqin jang uchun mukofot pulini qo'lga kiritishdi.
Eslatib o'tamiz, Sendxagen UFC on ESPN 67 turnirinig asosiy jangida braziliyalik Deyvesona Figeredoni texnik nokautga uchratdi. De Ridder amerikalik Bo Nikalni nokautga uchratib, raqibiga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etdi. Osiyo vakili Li esa amerikalik Gaston Bolanosni bo'g'ish usuli bilan taslim eta oldi.
Uordli yangilangan WBA reytingida peshqadamlikni saqlab qoldi, Xanter va Itauma kuchli uchlikda