"May oyida men greppling turnirlarida jang qilaman. Mayning o'rtalarida esa UFC'dagi keyingi jangim qachon ekani aniq bo'ladi. Albatta, men Oliveyra bilan revansh jangini xohlayman, chunki u divizionning ikkinchi raqamli sportchisi.
Getji bilan jang ham aktual. Bu men uchun yangi nom. Faqat xotirjam g'alaba qozonishim va yana chempionlik poygasida bo'lishim kerak. Agar Islam Maxachev iyun oyida jang qilsa, undan keyingisini oktyabr oyida o'tkazadi", dedi Carukyan.