SportUz.Net

Deyvison Figeyredu va Kori Sendxagen yakshanba tongidagi jang oldidan qanday sport formasida? (FOTO)

01.05.2025 12:48    


Rasmni yuklab olish

Ertadan keyin (bizning vaqt bilan 4 may tongi) AQSHning Ayova shtati De-Moyn shahridagi Wells Fargo arenada navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC on ESPN 67 oqshomining asosiy jangi o'ta engil vaznda sobiq UFC chempioni braziliyalik Deyvison Figeyredu hamda amerikalik Kori Sendxagen o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu jangga uch kun qolganida ikki jangchi hozirgi sport formasini namoyish etishdi.  

Malumot uchun, Figeyredu so'nggi jangini 2024 yilning noyabr oyida yana bir sobiq UFC chempioni rossiyalik Petr Yanga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Sendxagen esa o'tgan yilning avgustida boshqa bir rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedovga yutqazgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: