Prudential Center arena mezbonlik qiluvchi raqamlangan UFC 316 turniri tashkilotchilari ushbu musobaqaning rasmiy posterini namoyish etishdi. Oqshomning asosiy jangi o'ta engil (61 kg) vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili hamda ushbu kamarning sobiq sohibi, amerikalik SHon O’Melli o'rtasida bo'lib o'tadi.
Yodingizda bo'lsa, bu ikki aralash yakkakurash ustasining ilk jangi o'tgan yilning sentyabr oyida UFC 306 turniri doirasida o'tkazilib, o'shanda Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan hamda O’Mellidan chempionlik kamarini tortib olgan edi.
UFC 316 turnirining co-main event jangi esa ayollar o'ta engil (61 kg) vazn toifasi chempioni, amerikalik Julianna Penya hamda uning davogar vatandoshi Kayla Xarrison o'rtasida kechadi. Bu Penya uchun ilk chempionlik himoya jangi bo'ladi.