Tashkilotchilarning malum qilishicha, ushbu musobaqada yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi SHohasan Mirzamatov ham ishtirok etadi.
Mirzamatov turnir doirasida eronlik Farzad Gaderi bilan bahs olib boradi.
Bu ikki sportchining o'zaro ikkinchi bellashuvi bo'ladi. 2024 yilning aprel oyida bo'lib o'tgan ilk jangda Mirzamatov muddatidan oldin g'alaba qozonganiga qaramay, jang davomida qiyinchilikka uchragan edi.
Malumot uchun, 34 yoshli SHohasan faoliyati davomida hozirga qadar 18 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. 39 yashar Farzad Gaderi hisobida esa 18 ta g'alaba va 15 ta mag'lubiyat mavjud.
INTERVYU. "Masxarabozlarni yo'qotish kerak" - Octagon Liganing yangi chempioni Sardor Xudoyberdiev
Usik: "Balki Dyubua ikki yil ichida kuchaygandir, lekin mendan zo'r bo'lib ketmagan"