"Men hech qachon Xolloueydek buyuk jangchi bilan yana bir bor to'qnashishni orzu qilmagan edim. Maks haqiqiy MMA afsonasi, sobiq UFC chempioni va hozirda BMF kamari sohibi. Biz yana bir marta katta jang uyushtirmoqchimiz. Albatta shunday bo'ladi.
BMF uchun nomzod bo'lish uchun muxlislar mehri va har safar professionallikni ko'rsatish kerak. Maks ana shunday jangchi. Men ham shundayman.
Agar men BMF unvonining oxirgi sohibiga aylansam, bu bilan faxrlanib sportni tark etaman. Bu tarixda abadiy qoladi. Menimcha, UFC rahbariyati yana bu kamarni qaytarmaydi, agar qandaydir aqlbovar qilmas narsa yuz bermasa", — dedi Pore.
World Boxing kattalar o'rtasidagi ilk Jahon chempionati sanalari va manzilini elon qildi (VIDEO)
O'z vaqtida Murodjon Ahmadalievni mag'lub etgan Marlon Tapales navbatdagi jangini o'tkazdi