Internetda tarqalgan malumotlarga ko'ra, UFC'da ilk marotaba Markaziy Osiyo derbisi tashkil etiladi.
O'ta engil vazn toifasi reytingida 13-o'rinni egallab turgan Ramazon Temirov keyingi jangini sakkizinchi pog'onadagi qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi o'tkazadi.
Taxminlarga ko'ra, mazkur bellashuv 26 iyul kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turini doirasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Ramazon o'zining so'nggi jangini mart oyi avvalida amerikalik CHarlz Jonsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgan edi.
Konor Makgregor egalik qiluvchi BKFC muzdagi janglar - Ice Wars loyihasini elon qildi