SportUz.Net

"Buni 19 iyul kuni ko'radi". Dyubua Usik bilan revansh anonsiga munosabat bildirdi

28.04.2025 17:18    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida IBF kamari sohibi, britaniyalik Daniel Dyubua Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi haqida fikr bildirdi.

"Bu men istagan va talab qilgan jang edi. Endi menda Usikdan revansh olish imkoniyati bor. Birinchi jangda men g'alabaga haqli edim, lekin hakam qarorlari buni inkor etdi. Bu safar esa men o'z yurtdoshlarim oldida, vatanimdagi milliy stadionda xatoga yo'l qo'ymayman. Hozir men ancha kuchli va xavfli jangchiman va Usik buni 19 iyulda albatta ko'radi. Promouterim Frenk Uorrendan bu imkoniyat uchun minnatdorman. Endi mutlaq chempionga aylanib, uning oldidagi qarzimni uzaman", - dedi Dyubua.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: