SportUz.Net

O'smir bokschilarimiz ishtirokidagi Osiyo chempionati yarim finallari ham yakunlandi

28.04.2025 09:39    


Rasmni yuklab olish

Kecha Amman shahrida Osiyo chempionatining U-17 ishtirokchilari uchun yarim final bahslari bo'lib o'tdi.

Ushbu bosqichga 19 nafar bokschimiz etib kelgan edi. Janglardan so'ng ulardan 15 nafari final yo'llanmasini naqd qilishdi. Qolgan 4 vakilimizda bronza medallari. 

Hal qiluvchi bosqichga yo'l olgan bokschilarimiz bilan tanishing:

O'smirlar:

-48 kg. Habibulla Saynazarov

-54 kg. Bobomurod Boymirzaev

-57 kg. Asilbek Abduqodirov

-60 kg. Abrorbek SHaripov

-63,5 kg. Saidxo'ja Sadillaxo'jaev

-70 kg. Diyorbek Murodilloev

-75 kg. Xurshidbek Jo'raev.

O'smir qizlar:

-48 kg. Nazokat Mardonova

-50 kg. SHodiyona Meliqo'zieva

-54 kg. Sabrina CHakomanova

-57 kg. Farzuna Ro'zieva

-60 kg. Rushanabonu Isoeva

-70 kg. Ulbosin Jalgasbaeva

-75 kg. Samira Turg'unova

-80 kg. Mavjuda Abdusaidova.

Bronza medali sohiblari:

-52 kg. Asadbek Esonboev

+80 kg. Artur Kenesbaev

-52 kg. Qumriniso Muhammadova

+80 kg. Sohibaxon Xudoyberdieva.

Bugun musobaqada dam olish kuni. 29-30 aprel kunlari final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: