Ushbu jang kechasi doirasida hamyurtlarimiz SHohjahon Abdullaev va Komronbek Turg'unboev ringga ko'tarilib, g'alabaga erishgani haqida xabar bergandik.
SHuningdek, kecha mazkur turnirda O'zbekistonda tavallud topgan Muxammad SHexov ham ringga ko'tarilib, 8 raundlik jangda ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Malumot uchun, Muhammad SHexov Buxoroda tavallud topgan. Uzoq yillar mobaynida Rossiya sharafini himoya qilgan. Bugungi kunda ringga O'zbekiston va Rossiya bayroqlari bilan chiqadi. Murodjon Ahmadaliev bilan bir vaznda - ikkinchi o'ta engil vazn toifasida jang qiladi. Ayni paytda WBA reytingida 13-o'rinni egallab turibdi.
Professional boksda 17 ta jang o'tkazgan va ularning 16 tasida g'alabaga erishgan. 1 ta jangi durang bilan yakunlangan.