SportUz.Net

Naoya Inoue: "P4P reytingida yana birinchi o'ringa qaytaman"

26.04.2025 09:57    


Rasmni yuklab olish

Ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (29-0, 26 KO) amerikalik Ramon Kardenas (26-1, 14 KO) bilan jangi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu jangdan keyin P4P reytingida birinchi o'ringa qaytamanmi yoki yo'q bilmayman, lekin sentyabr, dekabr oylari, bundan tashqari keyingi yil ham bor... 

O'sha janglardan so'ng reytingning birinchi pog'onasiga qaytishimga umid qilaman. Buni juda intiqlik bilan kutyapman. Bugun ko'plab tomoshabinlar kelishdi. Mendan katta umidlari borligini bilaman. Men bu umidlarni oqlamoqchiman. Bu men uchun ajoyib jang bo'ladi va bundan juda xursandman. Men bu jangda g'alaba qozonishimga ishonchim komil. Kardenas har tomonlama yaxshi jangchi, ammo bu qanday bo'lishidan qatiy nazar, men ustunlikka ega bo'laman", dedi Inoue.

Malumot uchun, ushbu jang 4 may kuni Las-Vegasdagi "T-Mobile Arena"da bo'lib o'tadi. Mazkur jangda g'alaba qozongan taqdirda Inoue sentyabr oyida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan to'qnash keladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: