"Agar u yarim o'rta vaznga o'tishga qaror qilsa, UFC unga navbatsiz chempionlik jangi berishga haqli. U — Islam Maxachev. U dunyodagi eng yaxshi jangchi. Biz unga hurmat ko'rsatishimiz kerak. Agar u: "Men navbatdagi chempionlik jangida qatnashmoqchiman" desa, hamma rozi bo'ladi.
Kimdir buni inkor etsa, demak, u dunyodagi eng zo'r jangchiga hurmatsizlik qiladi.
Agar u vaznini ko'tarsa va shu erda qolsa, bu divizionimizdagi har bir jangchi uchun fojia bo'ladi. Maxachev — hamma jihatdan kuchli va to'liq shakllangan sportchi. Xabib qanday bo'lsa, u ham xuddi shunday. Balki, u jangda ancha ehtiyotkorroq ham. Uning o'tishi yarim o'rta vaznni yanada qiziqarli qiladi. Men u bilan jang qilishni juda istardim", — dedi Garri Bloody Elbow'ga.
Roy Jons Usikni buyuk superog'ir vaznlilar reytingida nechanchi o'rinda ko'rishini aytdi