SportUz.Net

Evloev Volkanovski bilan Avstraliyada jang qilishga tayyorligini aytdi

25.04.2025 12:18    


Rasmni yuklab olish

Yarimengil vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Movsar Evloev amaldagi chempion Aleks Volkanovski bilan dunyoning istalgan nuqtasida jang qilishga tayyorligini aytmoqda.

"Abu-Dabidami yoki AQSHdami? Kerak bo'lsa, uning uyida. Menga farqi yo'q! Men ko'p vazn tashlamayman, shuning uchun tiklanishim qiyin bo'lmaydi. Iqlim bilan bog'liq muammolarim ham yo'q. Men BAAda, Xitoyda, Las-Vegasda jang qildim. Ko'p joylardagi turnirlarda ishtirok etdim, lekin tanamda hech qanday muammo kuzatilmadi. Men moslavshuvchanman", dedi Evloev.

Malumot uchun, 31 yoshli Movsar Evloev ayni paytda UFC reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: