SportUz.Net

Isroil Madrimov murabbiylarini almashtirish kerakligi haqidagi savolga javob berdi

23.04.2025 17:06    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov amerikalik murabbiylari - aka-uka Diaslar haqida gapirdi.

"Yo'q, bu xato. CHunki ular juda ham tajribali murabbiylar. Mening qanday qiyinchiliklardan o'tganimni murabbiylarim va o'zim bilaman. Muxlislar bilmaydi, balki shuning uchun ham shunday ko'ringan bo'lishi mumkin. 

Murabbiylarim bo'lib o'tgan holatlar va qiyinchiliklardan keyin meni tushungan holda shunaqa topshiriq berishdi. SHunday ekan, murabbiylarimga gap bo'lishi mumkin emas, ular juda tajribali va yaxshi ustozlar", dedi Madrimov SportUz.Net muxbiri bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Isroil fevral oyida amerikalik WBC Interim chempioni Virjil Ortis bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: