Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida ikki o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi — Mavlud Tifiev va Magomed Magomedov oktagonga ko'tariladi. Tifievga asosiy karddagi jangida Turkiya vakili Erdem Taha Dincher raqiblik qiladi.
Mavlud sportchilik faoliyati davomida asosan kikboks va muay-tay bo'yicha janglar o'tkazib kelgan. Raqib uchun bu MMAdagi debyut bellashuv bo'ladi.
Core FC 1 turnirida shuningdek, yana bir hamyurtimiz Magomed Magomedov ham ishtirok etadi. 26 yashar Magomedga o'sha kuni ozarbayjonlik Farid Alibabazade raqiblik qiladi.
Magomedov faoliyati davomida 11 ta jang o'tkazib, 9 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Farid Alibabazade hisobida esa 12 ta g'alaba, 8 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor. U o'tgan yilning dekabr oyida Toshkentda bo'lib o'tgan Octagon 68 turniri doirasida hamyurtimiz Anvar Abdullaev bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Core FC 1 turnirining to'liq kardi:
Usikning sobiq promouteri: "Aleksandr faoliyatini tugatishi uchun barcha ishni qilaman"
O'zbekiston boks federaciyasi Lazizbek Mullojonov bilan bog'liq vaziyat bo'yicha munosabat bildirdi