29 yoshli charm qo'lqop ustasi 17 may kuni AQSHning Kaliforniya shtati Kommers shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni amerikalik Maykl Foks raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Bogachuk faoliyati davomida hozirga qadar 26 ta jang o'tkazib, 24 ta g'alaba (23 KO) va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. U o'tgan yilning dekabr oyida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov bilan jang qilishi kerak edi, lekin hamyurtimizning jarohat olishi natijasida uning o'rniga angliyalik Ishmael Devis Sergeyga raqiblik qilgan va o'sha jangda Bogachuk muddatidan avval g'alaba qozongan edi.
Maykl Foks hisobida esa 24 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor. U 2019 yilda o'zbekistonlik bokschilar — SHohjahon Ergashev va Fazliddin G'oibnazarov bilan to'qnash kelib, mos ravishda bitta mag'lubiyat va bitta g'alaba qayd etgan.
Usikning sobiq promouteri: "Aleksandr faoliyatini tugatishi uchun barcha ishni qilaman"
O'zbekiston boks federaciyasi Lazizbek Mullojonov bilan bog'liq vaziyat bo'yicha munosabat bildirdi