SportUz.Net

Osiyo chempionati. Faqat bir bokschimizda mag'lubiyat, bugun 8 nafar vakilimiz yurishini davom ettiradi

23.04.2025 14:42    


Rasmni yuklab olish

Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha o'smirlar va kichik o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida bugun chorak final janglari yakuniga etadi.

Kecha olti nafar bokschimiz chorak finaldagi jangini o'tkazib, yakunda 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etildi.

Kechagi natijalarimiz:

-35 kg: Sarmat SHokarimov - Daulet Tenelbay (Qozog'iston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

-37 kg: Muxriddin Hamidjonov - Richard Payla (Filippin), (2-raundda KO-TKO);

-40 kg: Kamronbek Komilov - Atabek Hojiev (Turkmaniston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

-37 kg: Sabinaxon Kamiljonova - Pei-Yun CHiang (Xitoy Taypeyi), (Raqib vazn meyorini bajara olmadi);

-46 kg: Oybek Alimjonov - Sultan SHannaq (Iordaniya), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

-43 kg: Rayhona Alimxanova - Xiao-Ting SHao (Xitoy Taypeyi), (Ochkolar hisobiga ko'ra).


Bugun Osiyo chempionatida chorak final bahslari davom ettiriladi. Unda yana sakkiz bokschimiz ringga ko'tariladi:

-33 kg: Temurbek Baxtiyorov - Noel Kagubkob (Filippin)

-52 kg: Elshod SHokirjonov - Ravi Sihag (Hindiston)

-55 kg: Hasan Xolmurodov - Hashem Toghoz (Iordaniya)

-49 kg: Parvina SHakarova - Merey Jumagali (Qozog'iston)

-61 kg: Marjona Sultonova - Jia-YU Song (Xitoy Taypeyi)

-58 kg: Jahongirjon Usmonqulov - Naman Saini (Hindiston)

-61 kg: Hadyatulloh Saydullaev - Miras Kuanishev (Qozog'iston)

-67 kg: Meyrambek Aliev - Arpit Bishnoi (Hindiston).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: