SportUz.Net

Osiyo chempionati. Kechagi kunni 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bilan yakunladik

21.04.2025 14:12    


Rasmni yuklab olish

Kecha Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha o'smirlar va kichik o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari ortda qoldi.

Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining jami 5 nafar vakili ringga ko'tarildi. Yosh hamyurtlarimiz yakunda 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Kechagi natijalarimiz:

-50 kg: Dinislom Davlatiyorov - Sergey Artemenko (Ukraina), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

-54 kg: Sabrina CHakamanova - Xadicha Safinova (Qirg'iziston), (3-raundda KO-TKO);

-52 kg: Asadbek Esonboev - Kazuma Kumamoto (Yaponiya), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

-54 kg: Bobomurod Boymirzaev - Hayitmurat Astanov (Turkmaniston), (Ochkolar hisobiga ko'ra);

-57 kg: Asilbek Abduqodirov - Mohaime Al-Allakmo (Iroq), (Ochkolar hisobiga ko'ra).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: