Turnir doirasida super engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullaev (2-0) filippinlik Jino Rodrigoga (13-5-2) qarshi bahs olib borib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Sporty Salaries nashrining malum qilishicha, Abdullaev bu jangi orqali 4 ming AQSH dollari, Jino Rodrigo esa 7 ming dollar gonorar ishlab olgan. Bundan tashqari, har ikki bokschi PPV kardida bahs olib borgani uchun pulli translyaciya tushumidan ham ulush oladi.
Takidlash joiz, bugungi g'alaba orqali bokschimiz WBA Continental Gold kamariga ega chiqdi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"