Turnirning ilk kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining jami etti nafar vakili ringga ko'tarildi. CHarm-qo'lqop ustalarimizning olti nafari yakunda raqiblari ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, Muxlisa Xushvaqtova imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ilk kungi natijalarimiz:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Tong Hioang (KXDR) 0:5
-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Miao Hi (Xitoy) 5:0
-60 kg: Rashida Tagirova - Mao Ding (Xitoy) 3 raundda texnik g'alaba
-54 kg: Hasanboy Do'smatov - Hasan Salohiddinov (Tojikiston) 5:0
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Ruslan Popov (Ozarbayjon) 5:0
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Melki Salim (Tunis) 3:2
-71 kg: Asilbek Abdurahmonov - SHahobjon SHukurov (Tojikiston) 3:2.