SportUz.Net

"Buyuk ipak yo'li". Bokschilarimizning ruslarga qarshi janglari omadsiz kechmoqda, bugun 12 vakilimizga muxlislik qilamiz

14.04.2025 08:12    


Rasmni yuklab olish

Boku shahri (Ozarbayjon)da boks bo'yicha "Buyuk ipak yo'li" xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Kecha musobaqaning uchinchi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili ringga ko'tarildi. Janglar yakunida bokschilarimizning 4 nafari g'alaba qozongan bo'lsa, 7 nafar charm qo'lqop ustamiz mag'lubiyatni qabul qilishdi.

Qizig'i, 5 nafar bokschimiz rossiyalik raqiblarga qarshi janglarda imkoniyatni boy berishdi.

Bugun kun davomida 12 nafar o'zbekistonlik bokschi bahs olib boradi. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da start oladi.

Kechagi natijalarimiz:

-57 kg: Nodirbek Allaberganov - Erbolat Sabir (Qozog'iston) 3:2

-57 kg: Sobirjon Tastanov - Erxan Turdan (Qozog'iston) 0:5

-60 kg: Jamshidxo'ja Saparxo'jaev - Mahammadali Gasimzada (Ozarbayjon) 2:3

-60 kg: Samandar Olimov - Vsevolod SHumkov (Rossiya) 0:5

-71 kg: Sardor Abdumutaliev - Nijat Hasanov (Ozarbayjon) 5:0

-71 kg: Bekzod Hamidov - Murodjon Ashuraliev (Tojikiston) 5:0

-71 kg: SHavkatjon Boltaev - Igor Sviridchenkov (Rossiya) 2:3

-92 kg: SHaxzod Polvonov - Ramazan Dadaev (Rossiya) 0:5

-48 kg: Jasmin Tohirova - Roksana Gassimova (Qozog'iston) 5:0

-48 kg: Robiya Baxtiyorova - Lia Patlai (Rossiya) 1:4

-54 kg: Saidaxon Rahmonova - Daria Panteleeva (Rossiya) 0:5.


Bugun jang qiladigan bokschilarimiz ro'yxati:

-48 kg: Jasmin Tohirova - Anaxanim Ismailova (Ozarbayjon)

-50 kg: Sabina Boboqulova - Elyanur Turganova (Qozog'iston)

-57 kg: Uzukjamol Yunusova - Daria Abramova (Rossiya)

-70 kg: Oysha Toirova - Patrisia Mbata (IBA)

+81 kg: Oltinoy Sotimboeva - Ksenia Olifirenko (Rossiya)

-48 kg: Behruz Xoldorov - Sahil Allahverdovi (Gruziya)

-54 kg: SHaxzod Muzaffarov - Bagslan Kenjebek (Qozog'iston)

-57 kg: Nodirbek Allaberganov - Xusravxon Rahimov (Tojikiston)

-63,5 kg: Sayat Ilyasov - Ruslan Gafurov (Tojikiston)

-71 kg: Sardor Abdumutaliev - Nurbek Mursal (Qozog'iston)

-71 kg: Bekzod Hamidov - Igor Sviridchenkov (Rossiya)

-86 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Dauren Mamir (Qozog'iston).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: 



sportuz.net
Would like to send you notifications