Unga ko'ra, 22 yashar Ruslan 19 aprel kuni ringga qaytadi. Taxminlarga ko'ra, hamyurtimiz AQSH yoki Meksikadagi prof boks oqshomlarining birida ishtirok etadi.
Abdullaevga o'sha kuni kim raqib bo'lishi hozircha nomalum.
Bu Ruslan uchun prof boksdagi ikkinchi jangga aylanadi. CHarm-qo'lqp ustasi ilk jangini shu yilning mart oyida Xose Valensuela Alvaradoga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'olib bo'lgandi.
Ruslan Abdullaev havaskor boksda Jahon chempioni (2023) hisoblanadi.