SportUz.Net

Kutilmagan xabar - Bivol endi mutlaq jahon chempioni emas!

08.04.2025 09:21    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn toifasida WBA, WBC, WBO, IBF, The Ring va IBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan Dmitriy Bivol endi mutlaq jahon chempioni emas.

Gan shundaki, rossiyalik bokschi WBC chempionlik kamarini vakant, yani egasiz qoldirdi. U bu bilan vaqtinchalik WBC kamari sohibi, meksikalik Devid Benavides bilan jang qilishdan voz kechdi. 

Dmitriyning bunday qarorga kelishi uning hamyurti Artur Beterbievga qarshi uchinchi jangni o'tkazishi bilan bog'liq. Bivol 23 fevral kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida o'tgan revansh jangida Beterbievni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangandi. Turki al-ash-SHeyx kuzda bu ikki bokschining uchinchi jangini o'tkazmoqchi.  

Darvoqe, endi birgina mutlaq jahon chempioni qoldi - Naoya Inoue! Balki, Murodjon Ahmadaliev yaponiyalikni ham bu unvondan mahrum qilar? Voqealar rivojini kuzatamiz. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: