"Men Daniel Dyubuaga yutqazganman va Jo Joysni engdim. Joys esa Dyubuani enggan, lekin menga yutqazgan. SHu sababli hozir revanshni aynan Dyubuaga qarshi o'tkazmoqchiman. Unga qarshi jangda rostdan ham yomon harakat qilgandim.
Nima deyishim mumkin? Uni tabriklayman… O'tgan yili juda kuchli janglar o'tkazdi. SHu sababli men u bilan revansh jangini haqiqatan ham istayapman. Avvalo eliminator jangda qatnashib, keyin chempionlik uchun jang qilmoqchiman. Mening maqsadim — jahon chempioni bo'lish. CHempionlik jangiga chiqish uchun yana bir jang kerak, deb o'ylayman», — dedi Xrgovich.