Unda super engil vazn toifasida faoliyat yurituvchi qozog'istonlik charm-qo'lqop ustasi Batir Jukembaev Buyuk Britaniya vakili Keyn Gardner bilan bahs olib bordi.
10 raund etib belgilangan jang to'liq davom etdi. Yakunda mezbon yurt vakili Batir Jukembaev ochkolar hisobiga ko'ra g'alabani o'ziniki qildi.
Bellashuv WBA Continental Gold kamari uchun o'tkazildi.
Bu 34 yoshli Jukembaevning prof faoliyati davomidagi 25-jangi edi. Bugungi bahs orqali Batirning rekordi 24-1 ko'rinishiga keldi. U janglarining katta qismini Kanadada o'tkazib kelar edi.
Keyn Gardner 29 yoshda. U 2023 yilda super engil vazn toifasida WBC International kamari uchun jang qilib, mag'lub bo'lgan. Bugungi muvaffaqiyatsizlik Keyn uchun faoliyatidagi beshinchisi bo'ldi. Uning hisobida 17 ta g'alaba mavjud.
Malumot uchun, super engil vazn toifasida o'zbekistonlik prof bokschi SHohjahon Ergashev ham faoliyat yuritadi. Hamyurtimiz 2023 yilda mazkur vazndagi IBF kamari uchun jangda imkoniyatni boy bergandi.
"Jang oson bo'lmaydi, lekin...". Tom Aspinall Maxachev – Topuriya jangi favoritini aytdi