SportUz.Net

Octagon 71 turnirida ishtirok etadigan hamyurtlarimiz soni bir nafarga ko'paydi

28.03.2025 12:21    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, 19 aprel kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 71 turniri bo'lib o'tadi.

Musobaqada yarim og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Habib Gaziev ham qatnashadigan bo'ldi.

Liga matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, yurtdoshimiz Qozog'istonning taniqli vakili Kerim Daidov bilan to'qnash keladi.

Malumot uchun, Gaziev faoliyati davomida uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'olib bo'lgan. Deidov hisobida esa 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat mavjud.

Avvalroq, musobaqada Asadbek Saidov, Javohir Imamov, Sardor Xudoyberdiev kabi hamyurtlarimiz jang qilishi haqida xabar bergan edik.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: