Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni, hozirda PFL superchempion Frensis Ngannu o'z motociklida yo'l-transport xodisasi sodir etdi. Kamerunlik aralash yakkakurash ustasi motociklida do'stlari bilan pasxa bayramini nishonlab qaytayotgan 17 yoshli Ntsama Brijit Manuellni urib yubordi.
CameroonOnline nashrining xabar berishicha, bu holatda o'zini yo'qotib qo'ymagan Ngannu qizni o'zi kasalxonga olib borgan. Ammo shifokorlarning birinchi yordamiga qaramay, qiz bir nechta suyak sinishlari miya chayqalishi va yana bir nechta tashhislar natijasida jarrohlik stolida vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti. Vaziyatga yaqin insonlarning xabar berishicha, bo'lib o'tgan mudhish voqeadan Frensis Ngannu qattiq iztirobga tushib qolgan. U halok bo'lgan Ntsama Brijitning oilasiga yordam bermoqda.