"Menga bu jang g'oyasi yoqmadi. Krouford yaxshi jangchi, ammo boksda vazn toifalari bor. Terens super engil vaznda, yarimo'rta vaznda va super yarimo'rta vaznda yaxshi jangchi. Terens Krouford Madrimov bilan jang qilganini eslayman. U o'sha jangda juda sekin va kuchsiz ko'ringandi. U ajoyib himoyaga ega. Ammo menimcha, Kanelo faoliyat olib boradigan o'rta vazn toifasi Kroufordga mos kelmaydi", dedi Markes.
Kanelo va Krouford o'rtasidagi jang sentyabr oyida bo'lib o'tadi. Terensning Isroil Madrimovga qarshi jangi esa 2024 yil avgust oyida bo'lgan va unda ochkolar hisobiga ko'ra amerikalik bokschining qo'li baland kelgan edi.
CHarlz Oliveyra: "Topuriya shunchaki provokaciyaga urinmoqda. U hurmatsizlik qilyapti"